"Real" klubi etakchi futbolchilari jamoani qaysi murabbiy boshqarishini istayotgani ma'lum bo'ldi. Tribalfootball tarqatgan xabarga ko'ra, Marselo, Ramos va Ronaldu Moskvaning «Spartak» klubi sobiq bosh murabbiyi Mikael Laudrupning nomzodini ma'qullashmoqda.
Yuqoridagi futbolchilarning fikricha, daniyalik mutaxassisning ish uslubi Zayniddin Zidannikiga o'xshash. Agar Laudrup jamoani boshqaradigan bo'lsa, u hozirgi tarkibni keskin o'zgartirib yubormaydi, deb hisoblamoqda "Qirollik klubi" etakchilari.
Mikael Laudrup hozirda Qatarning «Ar-Rayyan» klubini boshqarmoqda. Uning hozirgi jamoasi bilan shartnomasi shu yilning 30 iyun kuni yakuniga etadi.
Laudrup futbolchilik faoliyatida "Real" safida ham to'p surgan, so'ng murabbiylik faoliyatini boshlab, ko'p mamlakatlarda, shu jumladan, Ispaniyada ham ishlagan.