Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jordi Alba jamoasining JCh-2018ga tayyorgarligi xususida fikr bildirdi.
"Ispaniya terma jamoasi libosida o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lmaydi. Har bir o'yin muhim, chunki biz jamoaviy harakatlar va individual harakatlar uyg'unligi ustida ishlayapmiz. Murabbbiylar shtabimiz a'lo ish bajarmoqda. Terma jamoa usuli qanot futbolchilariga erkinlik taqdim qiladi. Umid qilamanki, jahon chempionatida hammani hayron qoldiramiz", - deydi Alba.
Ispaniya JCh-2018 guruh bosqichida Portugaliya, Morokash va Eron terma jamoalari bilan kurash olib boradi.