"Xoffenxaym" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Real"ni boshqarishdan bosh tortdi, deya xabar beradi Marca.
30 yoshli mutaxassis 2022 yilgacha tuzgan shartnomasini buzmadi. Uning shartnomasiga ko'ra, murabbiy 2018/19 mavsumdan keyingina ma'lum tovon puli evaziga klubdan ketishi mumkinligi aytilgan.
Nagelsmann "Xoffenxaym" 2016 yilning qishidan boshqarmoqda. Uning jamoasi o'tgan mavsud Bundesligada 3-o'rinni egalladi va EChL o'yinlarini guruh bosqichidan boshlaydigan bo'ldi.