Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre bayonot berib, Zidan Frantsiya terma jamoani boshqarmasligini aytib o'tdi.
"Zidan ertaga qaysi jamoada ishlashini bilmayman. Balki, bu "Yuventus" bo'lar. Uning iste'fosidan barcha hayron bo'ldi, jumladan, men ham. Lekin Desham va Zidan o'rtasida mojaro keltirib chiqarish kerak emas.
Biz jahon chempionatini Dide bilan birga boshlaymiz. U bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzolaganmiz. Bu juda yaxshi! Bizda terma jamoa bosh murabbiyi masalasida hech qanday muammo yo'q. Hozir va yaqin kelajakda Zidan bilan muzokara olib borishni rejalashtirmayapmiz", – dedi Le Gre.