Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre "Real" huumchisi Karim Benzemaning tanqidiga javob berdi.
"Benzema haqidagi so'zlarimda hech qanday yomon gaplar yo'q. Aksincha, men uning ajoyib o'yinchi ekanini aytgan odamman, ammo uning uchun terma jamoadagi faoliyat tugagan", - deydi Le Gre.
Le Gre intervyularning birida Benzemaning uch yildan buyon terma jamoaga chaqirimlmayotganiga sharg' berib, shunday degan edi: "hozir terma jamoada ma'lum bir o'yin uslubi shakllangan ortga qaytish yo'q".
30 yoshli Benzema bundan norozi bo'lgan va Le Greni tvitterda tanqid qilgan edi.