"Manchester Yunayted" klubi "Real"dan Garet Beylni transfer qilish ustida ishlmoqda, The Times xabariga ko'ra, ushbu transfer summasi 85 mln funtdan oshadi.
"Real"ning Beylni sotishga tayyor ekani haqida ma'lumot bir necha oydan buyon sir saqlanib kelindi. Klub prezidenti Florentino Peres jamoani yoshartirmoqchi, shuning uchun Beyl, Benzema, Ronaldu triosidan kimnidir sotishga tayyor.
Zidanning ketishi yangi muzokaralarga shik ochdi, ammo Beylning vakillari transferga tayyorlanganlar.
Beyl 2016 yilda "Real" bilan shartnomasini yangiladi, shunda uning maoshi yiliga 10,5 mln evroga oshdi. "MYu" esa ulslik futbolchiga haftasiga 500 000 funt maosh taklif qilishi mumkin.
"Manchester Yunayted" Beylni 2013 yilda "Tottenhem"dan sotib olishi mumkin edi, ammo bunga "Real" yo'l qo'ymagan edi.