"Real" klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Mateo Kovachich Braziliya terma jamoasi bidan o'rtoqlik uchrashuvi oldidan bir nechta suratlarni Instagramga qo'ydi va bu bilan "Liverpul" ishqibozlarini g'azabini keltirdi.
Gap shundaki, bugun 3 iyun kuni Xorvatiya va Braziliya termalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi "Liverpul"ning uy stadionida bo'lib o'tadi.
Kecha uchrashuv oldidan Kovachich "Real"ning boshqa o'yinchilari - braziliyalik Marselo, Kazemiro va xorvatiyalik Luka Modrich bilan "Enfild"da "Liverpul" emblamasi oldida kulib suratga tushganlar. Buni "Liverpul" ishqibozlari haqorat deb qabul qilganlar.
Eslatib o'tamiz, 26 may kuni EChL finalida "Real" "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan.