UEFA rasmiy saytida o'tkazilgan ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, "Real" o'yinchilarining gollari EChLning o'tgan mavsumidagi eng chiroyli gollar uchligiga kirdi.
Birinchi o'ringa (19% ovoz) guruh bosqichida "Borussiya"ga qarshi safar o'yinida (3:1) Garet Beyl urgan gol munosib topildi.
Ikkinchi o'ringa (18%) chorak finalda Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga chalqancha urgan goli (3:0) munosib bo'ldi.
Garet Beylning finalda "Liverpul"ga urgan supergoli 12% ovoz bilan uchinchi bo'ldi.