"Real" klubi jamoa bosh murabbiyi vazifasiga "Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni olib kelish g'oyasidan voz kechdi deya xabar beradi Sky Sports jurnalisti Giyom Balage.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, "Tottenhem" va Pochettinoning yangi shartnomasida tovon puli ko'rsatilmagan. Shuning uchun madridliklarning yagona yo'li "Tottenhem" prezidenti Deniel Levi bilan muzokara o'tkazish. Madridliklar bu yo'lni natijasiz deb hisoblamoqdalar va Pochettino variantidan voz kechib qo'ya qoldilar
"Real" Zinedin Zidenning iste'fosidan so'ng bosh murabbiysiz qoldi