«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safiga kelib qo'shildi. Portugaliyaliklar Konfederatsiyalar kubogi-2017ga tayyorgarlik olib borishmoqda.
Portugaliya terma jamoasi musobaqa oldidan 9 iyun kuni Latviyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirgan. Ronaldu jamoadoshlari Konfederatsiyalar kubogida Rossiya, Meksika va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olishgan. Musobaqa 17 iyundan 2 iyulga qadar Rossiyada bo'lib o'tadi.