"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uni jamoada saqlab qolishshga urinishlar sababli o'z shartlarini rahbariyatga aytdi, deya xabar beradi El Confidencial.
Portugaliyalik futbolchi haftasiga hozirgiday 350 ming funt emas, 1,35 mln funt maosh olmoqchi. Ta'kidlash joiz, boshqa yulduzlar boshqa klublarda ko'proq topmoqdalar: "Barselona" Messiga 673 ming, "PSJ" Neymarga 619 ming to'lamoqda.
Shuningdek Krishtianu o'zini Ispaniya soliq idoralaridan himoya qilishni so'ragan, u soliqlarni yashirganlikda ayblanib, 17 mln evro jarima to'lashi kerak. Ronaldu "Real"dan ushbu jarimani qoplash uchun moliyaviy ko'mak so'radi.