Kanterano Myunxen klubiga o'tishi mumkin.
Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi Omar Maskarell, hozirgi kunda Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasida to'p surayotgan futbolchi "Bavariya" nigohi ostida. "Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi Niko Kovach sobiq jamoasi "Ayntraxt"da o'z shogirdi bo'lgan Omarni "Bavariya"ga ko'chirib o'tkazishga harakat qilmoqchi.
Ammo nemislarga bu transferni amalga oshirishda "Qirollik klubi" to'sqinlik qilishi mumkin. Gap shundaki "Madrid" 2017-yilning 15-iyulida Maskarellni "Ayntraxt"ga sotgan edi, ammo uning shartnomasida Madridliklar 4 mln yevro evaziga qayta sotib olish bandi ham ko'rsatilgan. Futbolchining agenti xabar berishicha madridliklar allaqachon u bilan a'loqaga chiqishgan va Omar bilan mavsum oldi mashg'ulotlarda ishlashadi. Yakuniy qarorni esa "Real Madrid"ning yangi bosh murabbiyi qabul qiladi.
"Bavariya"dan tashqari 24 yoshli futbolchiga "Xoffenxaym", "Borussiya" (Dortmund), "Shalke, "Sevilya" va "Villarreal" ham qiziqish bildirmoqda.
Bobojonov