Zinedin Zidanning "Real"dan iste'foga chiqishi uning yordamchilari uchun mutlaqo kutilmagan holat bo'lib chiqdi.
Frantsiyalik 45 yoshli mutaxassis payshanba kuni shoshilinch matbuot anjumani o'tkazib, madridliklar safini tark etishini e'lon qilgan edi.
26 may kuni EChL finalida "Liverpul" ustidan g'alabadan so'ng (3:1) "Real" qatorasiga uchinchi marta bu musobaqa g'olibi bo'ldi. G'alabaning ertasi kuni o'z yordamchilariga yuzlanib, 31 may, payshanba kuni yangi mavsumga tayyorgarlik yuzasidan yig'ilish bo'lishini aytgan. Chorshanba kuni barcha yordamchilariga sms yuborib, hech qanday tushintiruvlarsiz, ushbu yig'ilish bo'lmasligini xabar qilgan.
Manbaga ko'ra, Zidan yordamchilari oxirigacha uning klubni tark etishini bilmaganlar.