Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi finaliga bir necha hafta qolganida jamoadoshlariga klubdan ketmoqchi ekanligini aytib o'tgan. Ammo madridliklar 33 yoshli forvardni Chempionlar Ligasi finaldia so'ng darxol e'lon qilishini kutishmagan edi.
Marca nashrining xabariga ko'ra futbolchilar Ronalduni haqiqatdan jamoadan ketayotganiga ishonishadi. Rahbarlar esa Krishtianuning finaldan so'ng darxol ushbu mavzuni ochganidan norozi bo'lishdi, biroq xotirjamlikni saqlab qolishdi.
Portugaliyalik futbolchining "Real"dan ketishiga sabab unga yangi shartnoma taklif etilmayotgani va Neymar bilan bog'liq deya qaralmoqda.
Bobojonov