Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kun muhokamasi: “Real”ni kim boshqarishi mumkin?

Zinedin Zidan sensatsion ravishda “Real Madrid” boshqaruvidan ketishini ma'lum qilganidan keyin hamma yoppasiga “Real”ni endi kim boshqarishi haqida qizg'in muhokama qilishni boshlab yubordi.

.
- Yuklab olish

Zinedin Zidan sensatsion ravishda “Real Madrid” boshqaruvidan ketishini ma'lum qilganidan keyin hamma yoppasiga “Real”ni endi kim boshqarishi haqida qizg'in muhokama qilishni boshlab yubordi.

“Santyago Bernabeu”dagi ikki yarim yillik mazmunli faoliyatidan keyin frantsiyalik mutaxassis barchasiga nuqta qo'yishni afzal ko'rdi. Unga ko'ra, madridliklar yangi ishlash uslubi va marralarni ko'zlashi kerak. 98-yilgi Jahon chempioni bu bilan La Ligani qo'ldan boy berganini nazarda tutdi.

Endi “Real”da yangi davr boshlanishi aniq. Ammo qaysi murabbiy Evropa chempionlarini boshqarishi mumkin? Quyida bir necha variantlar bilan tanishishingiz mumkin.

Orzu: Mauritsio Pochettino

Florentino Peres Pochettinoni anchadan buyon ko'z ostiga olib qo'ygan. U argentinalik mutaxassis “Espanol” bilan Pep Gvardiolani tanobini tortib qo'ygan vaqtidan beri Madridga olib kelishga harakat qiladi. Keyin Pochettino “Tottenxem”ga ko'chib o'tdi va yanada buyukroq murabbiyga aylandi. U ushbu mavsumda hatto “Real”ning o'zini Chempionlar Ligasi guruh bosqichida qoldirib ketgandi. Ammo Pochettinoning jamoasi negizini yoshlar tashkil qiladi.

“Real”da esa klub o'zagini 20 va 30 lik dovonni bosib o'tganlar to'ldiradi. Demak, katta o'zgarishlar qilinishi aniq. Pochettino Lorente, Sebalos, Teo Ernandes va Marko Asensiolarni boshqarish uchun munosib nomzodlardan biri hisoblanadi.

Pochettinoning imkoniyatlarini “Barselona”ni “o'lguday yomon ko'rishi” ham oshirib yuborishi mumkin. Faqat yagona muammo shundaki, u yaqindagina “taqachilar” bilan amaldagi shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirgan edi. Madridliklar shu sababli yirik mablag'ning bahridan o'tishiga to'g'ri keladi. Shu sababli bu nomzodning kelishi hozircha orzu bo'lib qolmoqda.

Haqiqatga yaqin: Antonio Konte

Konte ishdan bo'shashi sababli hozircha eng maqbul nomzod. “Chelsi” futbolchilari ushbu mavsumda o'z murabbiyini uyaltirib qo'yishdi. Uning ajoyib taktik ishlanmalari tufayli uning jamoalari doimo foydali uslubda o'yin ko'rsatadi. Bunda uning hujumchilari o'z qobiliyatlarini maksimal tarzda ishlatadi va bu bilan himoyadagi bo'shliqlarni to'ldirib ketishadi.

Konte “Real”ga munosib nomzod bo'lishi mumkin. U Krishtianu Ronaldu atrofida o'z o'yinini qurib, portugaliyalik futbolchining “Santyago Bernabeu”dagi davrini yanada uzaytirib berishi mumkin.

Konte shu bilan birga yosh iqtidorlar bilan ishlashda benazir emas, ammo bu Florentino Peresni ham ...

Davomi

BestMaster
2 Iyun 2018, 05:09
muhokamasi, “real”ni, boshqarishi, mumkin?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 anarbajvicali  
Энди нима фарки бор яна битаси келади ва кеттади шунухам мухокома килиш керакми
2 Iyun 2018, 08:22
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads