Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Buyuk ketishmi? Zidan yana kalla qo'ydi!

Zayniddin Zidanning «Real» jamoasi murabbiyligidan ketishi men uchun kutilmagan qaror bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Zayniddin Zidanning «Real» jamoasi murabbiyligidan ketishi men uchun kutilmagan qaror bo'ldi. Menimcha bu mantiqsiz va noto'g'ri qaror. Chunki «pushtirang ko'zoynakni echib qo'yib», jamoa erishgan yutuqlar bilan birgalikda uning kamchiliklarini ham birdek tahlil qila oladigan mutaxassis va muxlislar «Real» unga «tupuklab yopishtirilayotgan» «mutlaq tengsizlik» maqomida emasligini yaxshi tushunib turibdi. Bunday vaziyatda jamoani tashlab ketish eng kamida jur'atsizlik. Bu sevimli jamoasi zimmasiga og'ir yukni ortib ketishdir.

Bejiz ayrim muxlislar, shuningdek futbol jurnalistlari ham Zidanning bu qaroridan mutaassir bo'lishgani yo'q. Chunki qaror haqiqatan ham noodatiy va kutilmagan edi. Men bu qarorni mantiqsiz deyish ham mumkin. Shu sabab bu qarorni yoqlab, mutaxassisni ko'klarga ko'tarib, uning faoliyatiga o'ta ijobiy bo'yoq berishga urinayotganlarni tushunmayman. Bu taxlit fikrlarga yo samimiyat, yo oddiygina tahlil etishmaydi.

Zayniddin Zidan haqiqatan ham murabbiy sifatida qoyilmaqom natijalarga erisha oldimi? Har qanday murabbiy faoliyatiga o'lchov bo'luvchi mezonlar ko'p emas: natijalar, jamoaviy ruh, taktik topilmalar va umumiy o'sish. Xayrulla Hamidov to'g'ri urg'u berganidek, ular orasida eng muhimi natija. Shuning uchun ham, mayli, murabbiy faoliyatini aynan shu jihatdan tahlil qilamiz. Va yoddan chiqarmaymizki, biz allaqanday jamoa emas, «Real» murabbiyi to'g'risida gaplashayapmiz. Bu erda natija borasida qo'shimcha mezonlar ham maydonga chiqadi.

Ko'rsatkichlar Zidan foydasiga

Xalqaro turnirlar: chempionlar ligasi, UEFA superkubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati.

Zayniddin Zidan murrabbiyligida «Real» yuqoridagi sovrinlarning barchasiga egalik qildi: 100% natija!

Lekin hatto «Real» yaqqol ustun bo'lgan ushbu turnirlar borasida ham Zidanning buyukligiga soya solib turgan omillar talaygina.

Avvalo klublar o'rtasidagi jahon chempionati to'laligicha Evropaning mulki ekanligi hech kimga sir emas. Ko'hna qit'a vakillari 2006 yildan buyon 11 mavsum mobaynida finalni bor-yo'g'i 1 marta boy berishganini hisobga olsak, masala yanada oydinlashadi. Bu fakt erishilgan yutuq salmog'ini sezilarli kamaytiradi.

Endi chempionlar ligasida erishilgan muvaffaqiyat to'g'risida. Oldingi mavsumlarni qo'ya turaylik. Aslida o'tgan yillari ham Zidan jamoasining bu turnirda u qadar yorqin, maqtangulik o'yiniga guvoh bo'lmaganmiz.

Men hech kimning yodidan o'chib ulgurmagan 2017/2018 yilgi mavsumga to'xtalmoqchiman.

Guruh bosqichidayoq «Tottenxem»ga yutqazilishi «Real»dagi muammolarni ko'rsatib berdi. Amal-taqal qilib guruhdan chiqqan jamoa final sari g'ururlanishga arzimas yo'lni bosib o'tdi.

Avval voqealarning antiqa rivoji o'laroq «PSJ» mag'lub etildi. Hal qiluvchi ikkinchi uchrashuvda «PSJ» Neymarsiz o'ynashga majbur bo'lgani etmaganday, ikkinchi taymning katta qismini ozchilik bo'lib o'tkazishga majbur bo'ldi. 66-daqiqada Marko Veratti qizil karta bilan siylandi. Ushbu karta futbol jamoatchiligida uzoq muhokamalarga sabab bo'ldi.

Keyingi bekat – «Yuventus». Bu safar «Real»ning raqibi birinchi o'yindayoq kamchilik bo'lib o'ynashga mahkum etildi. Yana o'sha sirli 66-daqiqa. Paulo Dibala javob o'yinida ham ishtirok eta olmaydigan bo'lib maydonni tark etdi. Javob uchrashuvida o'yinning asosiy vaqti yakunlanib borarkan, hakamlar yana o'zini ko'rsatishdi. «Yuventus» qo'shimcha daqiqalarga o'tish imkoniyatidan noinsoflarcha mahrum etildi. Buffon yo'q joydan maydondan haydaldi.

Sho'rlik «Bavariya». Avvalgi mavsumda ikki uchrashuvda ham o'yin taqdiri asosiy vaqtda hal bo'lmagach, qo'shimcha vaqtlarga o'tildi. Ammo bu safar ham hal qiluvchi pallalarda «Real» raqibi bir kishi kam bo'lib o'ynashga majbur bo'ldi. 84-daqiqada Arturo Vidal o'yindan chetlatildi. Oqibat – Zidan jamoasi finalda.

Men o'yinlar taqdiriga ta'sir o'tkazgan omillarning eng ko'zga ko'rinarlilari haqida to'xtaldim xolos. Aybni faqat hakamlarga ag'darmagan holda, omad va tasodiflar ham «Real»ga yordam qo'lini cho'zganini ta'kidlab o'tmoqchiman.

Finaldagi voqealar rivojini eslatib o'tirish faqat futboldan o'ta yiroq muxlislar uchun kerak bo'lishi mumkin. «Liverpul»ning ustuni – Muhammad Saloh 29-daqiqadayoq ko'z yoshlar bilan maydonni tark etganini hech kim unutgani yo'q. Kariusning «fokus»lari esa hamon internetni «portlatmoqda». «Liverpul» o'zining optimal holatida, ya'ni dastlabki 20-25 daqiqada «Real»ni qanday ahvolga solganini hamma ko'rdi.

Ko'rsatkichlar Zidan zarariga

 
Bu Zayniddin Zidan sevimli jamoasida erishgan natija.

Endi qiyos uchun ayrim sobiq «Real» murabbiylarining qayd etgan natijalariga e'tibor qaratamiz.

Karlo Anchelotti:

Joze Mourino:

 

Hatto ko'pchilik tomonidan butkul muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanadigan Rafael Benitesning ko'rsatkichi ham 68 foizni tashkil qiladi. Ya'ni «omadsiz» Rafael «qirol» Zayniddindan unchalar orqada emas.

«Barselona» bilan qarama-qarshilik

«Real»ning ashaddiy raqibi «Barselona» ekanini inobatga olsak, bu ko'rsatkich ham juda muhimligi ayon bo'ladi.

Ispaniya ichki chempionati doirasida Zidan murabbiyligida «Real» «Barselona» jamoasiga qarshi 5 o'yin o'tkazdi: 1 g'alaba, 2 durang, 2 mag'lubiyat, to'plar nisbati: 7-10.

Ispaniya superkubogidagi o'tgan mavsumdagi har ikki o'yinda «Real»ning qo'li baland keldi. Ammo «Barselona»ga qarshi oxirgi ko'rsatkichlar Zidanning foydasiga emas. O'tgan yil so'ngidagi 0:3 hisobidagi qaqshatqich mag'lubiyat va joriy yilning mayidagi butun ikkinchi taym davomida 10 kishi bo'lib harakat qilgan «Barselona»ga qarshi durang fikrimga yaqqol misol.

Ispaniya: «Laliga», qirol kubogi va superkubok

Zayniddin Zidan kelganidan beri Ispaniya chempionatida 1 marta g'olib chiqdi, 2 bora boy berdi.

Zidan «Real»ni boshqargan barcha mavsumlarda «Barselona» Ispaniya kubogi sohibiga aylandi.

Ispaniya superkubogida ham ahvol achinarli: 3 imkoniyatdan 1 natija. Bu borada 2018 yilgi mavsum boy berilgani oldindan aniq. Chunki «Real» ichki turnirlarning birortasida g'alaba qozona olgani yo'q.

Ko'rinib turibdiki, «Real» ichki chempionat formatidagi uzoq davom etuvchi turnirlarda yaqqol muammoga ega. Zidan hanuz bu muammoga echim topolgani yo'q.

E'tiborli jihati, mavsumda mutlaq tengsizlikni tasdiqlovchi «trebl»ni «Real» qayd eta olmayapti. «Barselona» esa oxirgi 10 yillikda 2 marta qayd etgan.

Shunday qilib, ko'pchilikni chalg'itayotgan chempionlar ligasining uch bor g'olibligi aldamchi illyuziya aslida. «Real» (jamoa mavqeiga munosib o'lchovlar nuqtai nazaridan) muammolar girdobida qolmoqda.

Jamoadagi ichki vaziyat alohida mavzu. Ronaldu, Beyl va Benzemalar bilan bog'liq muammolar hammaga ma'lum. Ronaldu erta-yu kech ketaman deb xarxasha qilsa, Beyl jamoadagi o'z o'rnidan norozi bo'lsa, Zidan esa hammaning g'ashiga tegib faqat Benzemani maydonga tushiraversa, qanday jamoaviy jipslik haqida gap bo'lishi mumkin?

Aslida Zidan ortida mislsiz muvaffaqiyat emas, oldida qiyin vazifalar turgan edi. Jamoani o'zaro kelishtirib, taktika va individual o'sish ustida ishlab, hech kimda shubha qoldirmaydigan ChL g'alabalari, ichki chempionatdagi g'alabali natijalar sari etaklashi kerak emasmidi? Nega ketdi? O'z kelajagiga ishonmadimi?

Rahimberdi Mamayusupov

BestMaster
2 Iyun 2018, 04:19
buyuk, ketishmi?, zidan, yana, kalla, qoydi!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 aaaaaa  
psj zahirani kuci Asensio yuventus ranaldoni fantastik oyni bavarya vaziyatlardan togri foydalaniw 1-2tasodif 3endi bilmadim zidan balki movsum davomida barqarorlik yoqdir
2 Iyun 2018, 10:01
 Jonipay1987  
Сендака маколачидан ургилдим
2 Iyun 2018, 10:11
 Jonipay1987  
Битта гап эй Барсачи админ Суаресни пеналтисидан Васкесни пеналтиси 1000 марта тоза. Бизни кишлокдаги Навруз фудболида хам берилмасди Суаресни холатида
2 Iyun 2018, 13:04
 Zofik  
Raximberdi sen bu saytga kirishga noloyiqsan! ZIDANni qarorini xurmat qilamiz!
2 Iyun 2018, 19:40
 odilcr7  
Tfu..
2 Iyun 2018, 23:10
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads