«Bavariya» yarim himoyachisi Xames Rodriges yozgi transfer paytida «Real»ga qaytishga tayyor.
Kolumbiyalik futbolchi 2017 yilning yozida Myunxen jamoasi safiga ijara asosida o'tgandi. U o'zini Germaniyada yaxshi his qilayotgani va "Bavariya"da qolishni istayotganini ta'kidlagandi. Ammo Zayniddin Zidan "Qirollik klubi" bosh murabbiyi lavozimini tark etganidan keyin Xames Madridga qaytish haqida o'ylay boshladi.
Xames Rodriges avvalroq Florentino Peres bilan suhbatda, agar Zidan jamoani tark etsa, «Real»ga qaytishi mumkinligini aytib o'tgan. Yarim himoyachi o'zining agenti Jorje Mendeshga "Real"ga qaytish niyati borligini aytgan.