Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Real"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlarni inkor qildi.
"Bunday imkonyatni mutlaq inkor qilaman. Ishonamanki, ular Zidanning o'rniga kuchli va munosib nomzodni topadilar. Ammo bu mening tashvishim emas, chunki hozir Germaniya terma jamoasini JCh-2018ga tayyorlayapman", - deydi Lyov.