«Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Zayniddin Zidanning iste'ofsi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Zidan tezroq harakat qilib, Peresni dog'da qoldirdi. Uning o'rniga boshqa murabbiy topmaslaridan avval Zidanning o'zi shunday qaror qabul qildi. «Real» Kievdagi Chempionlar ligasi finalida yutqazganida, Peres uni iste'foga chiqargan bo'lardi.
Endi Peres Gutini bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin. Prezident kutilmagan qarorlar chiqara olishi mumkinligini isbotlamoqchi. Bundan 3 yil avval Peres Zidanni shunday tarzda tayinlagandi», – dedi Kapello.