«Barselona» klubining sobiq prezidenti Joan Laporta Zayniddin Zidanning «Real»i Gvardiolaning «Barselona»si bilan teng emasligini aytdi.
«Bartomeu iste'foga chiqishi kerak va yangi saylov o'tkazish lozim.
Zidanning «Real»ini Gvardiola «Barselona»si bilan taqqoslab bo'lmaydi. Xosepning jamoasi san'at asari bo'lgan. Oldin Zidan barcha sovrinlarni qo'lga kiritsin, keyin «Kamp Nou»da 6:2 hisobida g'alaba qozonsin. Shundan so'ng taqqoslab ko'ramiz» - dedi Laporta.