Bir yildan so'ng erkin agentga aylanadigan "Chelsi" posboni Tibo Kurtua hozirdan klubini o'zgartirmoqchi.
Belgiyalik 25 yoshli darvozabon avval uch mavsum "Atletiko" safida o'tkazgan Ispaniyaga qaytmoqchi. Bu safar boshqa klubga - "Real". Unda shuningdek, "Liverpul" varianti ham bor.
Darvozabonning agentlari "PSJ" bilan bog'langan, ammo parijliklar Janluiji Buffonni ma'qul ko'rishdi (Yuventus).
Avvalroq, Kurtua va "Chelsi" o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgani xabar qilingan edi.