Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres murabbiy Zinedin Zidanning ketishi haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
“EChLda g'alaba qozondik, ammo Zidanning kutilmagan qarori ochig'i meni hayratda qoldirdi. Bugun men va jamoa muxlislari uchun qayg'uli kun bo'ldi. Zidanni qolishga ko'ndirmoqchi bo'ldim, afsuski, iloji bo'lmadi. Uning qarorini hurmat qilaman, tushunaman. Faqat unga “Real” jamoa ham oilasi ekanligini eslata olaman.
Zidanning sodiqligi va “Real”ga bo'lgan vafodorligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Uning xulq-atvori qolganlarga o'rnak bo'ladi deb o'ylayman. Bugungi uchrashuv oxirgisi bo'lib qolmaydi, Zidanga xayr emas, balki ko'rishguncha deyman. U baribir bir kun kelib jamoaga qaytadi”, deydi klub prezidenti Florentino Peres.