"Real"ning sobiq ustozi Zinedin Zidan iste'fosidan so'ng savollarga javob berdi.
- Qishda "Real"ni tark etmasligingizni aytgan edingiz. Nega hozir ketdingiz? Nima o'zgardi?
- Bu tabbiy holat. 20 fevral kuni "Real"dan ketmasligimni aytganimda, to'g'risini aytgan edim. Shu bilan bigga bu klubda hammasi birdaniga tugashini ham qo'shib ketgandim. Yo'q, murabbiylikdan charchaganim yo'q, ammo "Real"ga keoagim bo'lmagan vaqt etib keldi.
- Sizda boshqa takliflar bormi?
- Men boshqa amoa izlaganim yo'q. O'z qarorimni yordamchilarimga aytdim, Serxio bilan gaplashdim. U sardor va inson va men bilan birga o'ynagan futbolchi kabi qarorimga hurmat bilan qaradi va menga omad tiladi.
- Bu qarorga kelish qiyin bo'ldimi?
- Shunday ko'ringani bilan osonroq: Siz qachon to'xtashni bilishingiz kerak. Men bilan "Real"ga yangi mavsumda qiyin bo'lar edi. Buni ko'rdim, bu mavsumda bunga ishonch hosil qilgan damlarim bo'ldi, ularni unutmayman. Men "Real"dagi faoliyatim yaxshi tugashini istayman, shuning uchun g'alabadan so'ng ketyapman.
- "Real" haqida eng yoqimli xotiralaringiz?
- Bu yillar davomidagi eng yaxshi xotiralar - prezident meni bu klubga taklif qilgani. Ko'p o'yinchilarning orzusi - bir kun kelib "Real"da o'ynash. Men nafaqat o'ynadim, balki, murabbiy ham bo'ldim. Maksimumga erishdim, "Real" bilan EChLni yutdim. Yomon xotira - "Leganes"ga qarshi o'yin.
- Bu qarorga sabab bo'lgan asosiy narsa?
- Men g'olibman. Menga g'alabalar yoqadi, mag'lubiyatni yoqtirmayman. G'alaba qozonolmasligimni his qilsam, kechirim so'rashim kerak. Hech kimni ayblamayman, bu mening qarorim, men ketyapman.
- Chempionlar ligasida g'olib bo'lmaganingizda ketarmidingiz?
- Bilmayman, agar finalda yutqazganimizda... Ha, baribir ketar edim.
- Krishtianu bilan ziddiyat bo'lganmi?
- Yo'q, buning qarorimga hech qanday aloqasi yo'q.