"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan iste'fosini 'lon qilganidan so'ng fikrlarini aytdi.
"Albatta, biz yana ko'rishishimiz mumkin. Madrid menga hamma narsa berdi, men shu erda, butun umr shu klubda bo'laman. Ko'pchilikka mening qarorim ma'nisiz tuyular, ammo o'zgarishlar vaqti kelganini his qildim.
Butun umrimni futbolda o'tkazdim, avval o'yinchi, keyin murabbiy sifatida. Bu o'yinni va undagi hammani sevaman. O'z muxlislarimga minnatdorchilik izhor qilaman. Bizda qiyin davrlar bo'ldi, hammasidan birgalikda o'tdik, muxlislarimiz har doim bizni qo'llab turdilar. Bu men uchun ham, o'yinchilar uchun ham juda muhim edi.
O'zgarishlar o'yinchilarga ham kerak. Bu yillar davomida maydonga tushib kurashganliklari uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Bu klubning tarixi buyuk biz doim futbolchilardan ko'prog'ini talab qilib ularga bosim o'tkazamiz. Ammo shunday vaziyat ham keladi... Ular mening qarorimdan xabardorlar, hammasiga xabar berdim. Serxio Ramos bilan gaplashishga ulgurdim", - deydi Zidan.