"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan shoshilinch matbuot anjumanida iste'fosini e'lon qilganidan so'ng, unda ishtirok etgan klub prezidenti Florentino Peres fikrlarini bildirdi.
"Chempionlar ligasidagi g'oliblikdan so'ng bunday xabarni eshitish kutilmagan ish bo'ldi. Ammo biz Zinedinning qarorini qabul qilamiz va buni hurmat qilamiz.To'g'risini aytaman, kecha oqshomda buni eshitib hayratga tushdim.
Uni qolishga ko'ndirmoqchi bo'ldim, ammo uning qat'iy fe'lini yaxshi bilaman, u qaror chiqarib bo'lgan edi.
Men unga klubga sodiqligiga, muhabbatiga va umuman baargan ishlariga minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, bu vidolashuv emas, tez orada yana ko'rishamiz. Agar unga tanafus kerak bo'lsa, u bunga har kimdan ham munosibroq", - deydi Peres.