"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'z vazifasidan ketishini e'lon qildi.
Shu soatlarda bo'lib o'tkazilgan shoshilinch matbuot anjumanida "Real" ustozi iste'fosini e'lon qildi. Matbuot anjumanida madridliklar prezidenti Florentino Peres ham ishtirok etdi.
"Men "Real"dagi ishimni davom ettirmaslikka qaror qildim. Bu kutilmagan vaziyat, ammo jamoa g'alaba qozonishda davom etishi uchun unga o'zgarishlar, yangicha yondoshuv va yangicha uslub kerak. Shuning uchun shu qarorga keldim.
Men bu klubga va uning prezidentiga katta mehr bilan qarayman", - deydi Zidan.
Frantsiyalik mutaxassis Madrid jamoasini mavsum-2015/16 davomida qabul qilib oldi va uch marta EChL musobaqasida g'olib chiqdi.