"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o'g'lining qaysi jamoada o'ynashini istayotganini aytdi.
"Menga Parij yoqadi, u erga vaqti-vaqti bilan borib turaman.. U erda oxirgi marta o'g'lim bilan bo'lgan edim. Unga "Oltin to'p"ni topshirishgan edi. Men juda katta faxr tuyg'usini his qilgandim. Parijda bo'lganimda hamma menga yaxshi munosabatda bo'ladi.
To'g'risini aytsam, Krishtianuning Parijga ko'chib o'tishiga qarshi emasman. Ammo baribir uning Manchesterga qaytishini istayman", - deydi Aveyru.
Futbolchining onasi bu gaplarini EChL finali oldidan aytgan.