Kanterano uchun qiziqarli variant...
"Madrid" hujumchisi Borxa Mayoral "Betis" klubi qiziqishlar doirasida. Cope nashri xabariga ko'ra andalusiyaliklar forvard uchun 10 mln yevro to'lashga tayyor.
"Bodring"lar ortda qolgan mavsumni ajoyib tarzda o'tkazdi va Yevropa Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Yevrokuboklardan oldin jamoa hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Va 21 yoshli futbolchi bu borada yaxshi variant bo'lib turubdi. Mayoral variantini "Betis" ustozi Kike Setena shaxsan o'zi ma'qulladi.
Eslatib o'tamiz, Borxa "qaymoqranglilar" tarkibida ortda qolgan mavsumda barcha turnirlarda 24 o'yinda qatnashib (927 daqiqa), 7 ta gol va 3 ta golga assistentlik qildi.
Bundan tashqari "Betis" Dani Sebalyosni ham ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Bobojonov