"Roma" klubi "Liverpul"ning qiziqishiga qaramay, darvozabon Alissonni o'z safida olib qolmoqchi.
Rimliklar 25 yoshli posbonni faqat 90 miln evro evaziga qo'yib yuborishi mumkin, deya xabar beradi The Guardian.
"Liverpul" hozircha "Roma"ga rasmiy taklif bildirgani yo'q, ammo braziliyalik darvozabonning ehtimoliy transfer bo'yicha aloqaga chiqqan.
Alissonning rimliklar bilan shartnomasi 2021 yilgacha amalda bo'ladi. Klub unga yiliga 1,5 mln evro maosh bilan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
Avvalroq, Alissonga "Real" klubi ham qiziqayotgani xabar qilingan edi.