"PSJ" yarimhimoyachisi Tiago Motta jamoadoshi Neymarning "Real"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Neymar o'ziga o'zi xo'jayin. Neymar o'zi qaror chiqarib, unga amal qilishi mumkin. Adashayotganbo'lishim mumkin, ammo menga shunday tuyulmoqda.
U elasi mavsumda ham "PSJ"da qoladi, deb o'ylayman. Uning "Real"ga o'tishi mumkinligini eshityapmiz. Unga "Real"da nima bor?
"Real" yaqinda ketma-ket uchinchi marta EChLni yutdi. Uni qanday chorlov kutmoqda? Agar unga mening maslahatim kerak bo'lsa, u erga o'tmaslikni aytar edim. Haqiqiy chorlov - "PSJ" bilan chempionlar ligasini yutish", - deydi Motta.