«Real» klubi o'z muzeyidagi sovrinlar uchun mo'ljallangan xonani kengaytirmoqchi. Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, o'tgan haftada qo'lga kiritilgan Chempionlar ligasida 13-sovrin uchun xonada hozircha joy yo'q. Shu bois, muzeyni kengaytirish haqida qaror qabul qilindi.
Madridliklar 2014 yilda o'zlarining EChLdagi 10-sovrinini qo'lga kiritishganidan keyin kuboklarning nusxalarini joylashtirish uchun alohida xona ajratish haqida qaror qabul qilingandi. «Real» 2017 yilda yutilgan 12-sovrindan keyin xonani kengaytirgandi. Jamoa endi yana bir marta bu ishga qo'l uradi.