"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello braziliyalik hujumchi Ronaldo bilan ishlagan davrini esladi.
"Qaysi o'yinchi bilan ishlash qiyin bo'lgan? Hozir hamma Kassano deb o'ylashi mumkin. Antonio yosh edi, maydonda a'lo darajada harakat qilar va uning tashqarisida aqlbovar qilmas ishlar qilar edi. Ammo menga eng qiyini - eng yaxshi shogirdim Ronaldu bilan bo'lgan", - deydi Kapello.
Ronaldo 2002 dan 2007 yilgacha "Real"da o'ynagan. 2003 va 2007 yillarda Ispaniya chempioni bo'lgan edi.