"MYu" bosh murabbiyi Joze Mourino klub rahbariyatining "Real" yarimhimoyachisi Garet Beylni sotib olishiga ishonqiramay turibdi.
"Real" Beylni 200 mln funtga sotmoqchi. Agar uelslik futbolchi "MYu" bilan 4 yillik shartnoma imzolasa, transfer summasiga yuqori maosh ham qo'shiladi - 135 mln funt (yiliga 33,75 mln funtdan).
Mirror habariga ko'ra, Joze Mourino o'z do'stlariga "MYu" rahbariyati bu ishga qo'l urmasligini aytgan. Futbolchi yaqinda 29 yoshga to'ladi, buning ustiga jarohatlarga beriluvchan.
Yaqin ikki hafta ichida Beylning agentlari Madridda uning kelajagi borasida "Real" bilan muzokara o'tkazadilar.