La liga prezidenti Xaver Tebas "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning madridliklar safini tark etishi mumkinligi haqidagi so'zlariga izoh berdi.
"Bu navbatdagi bobdan boshqa narsa emas. Men uning ketishni istayotganini ko'p eshitganman, muzokaralardan so'ng qolishi mumkin. O'ylaymanki, u kelasi mavsumda ham "Real"da o'ynaydi.
Besh yil avval Ronalduning ketishi hozirgidan biroz ko'proq xavotirga solgan bo'lar edi, chunki biz La Liga brendi ustida ishlayotgan edik", - deydi Tebas.