Madridning "Real" klubi himoyachisi Fabio Koentrau faoliyatini ijara asosida Lissabonning "Sporting" klubida davom ettirishi mumkin, bu haqida O Jogo nashri xabar beradi.
Bu bilan Portugaliya klubi Koentrauning 10%lik maoshini to'laydi, qolgan 90% maoshini esa "Real Madrid" o'z zimmasiga oladi. Hozirda Koentrauning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2019-yilda o'z yakuniga yetadi. Uning yillik maoshi 3,5 mln yevroga teng. Ma'lumotlarga ko'ra, Fabio hozirda "Sporting"da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.