"Real" vingeri Garet Beylning agenti Jonatan Barnett yaqin vaqtlar ichida jamoa rahbarlari bilan mijozining kelajagi borasida muzokora o'tkazadi.
Barnett rahbarlarga Beyl asosiy tarkib futbolchisi ekanligini uqtirishga harakat qiladi, aks xolda uelslik futbolchiga yangi jamoa izlashini aytib o'tmoqda. Futbolchi yangi shartnoma yoki ko'proq maosh talab qilmayapdi, u shunchaki muntazam o'yin amaliyoti xohlayapdi xolos.
Beylning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil yakuniga yetadi, hozirda unga "Bavariya" va "MYU" qiziqish bildirmoqda.
Bobojonov