Misrlik advokat Bassim Vahba EChL finalida "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohga jarohat etkazshgani uchun "Real" himoyachisi Serxio Ramosdan tovon puli talab qilmoqda.
Huquqshunosning fikricha, ispaniyalik futbolchi 1 milliard evro tovon puli to'lashi kerak.
"Ramos ataylab Salohga jarohat etkazdi va kazolanishi kerak. Men FIFAga arz qildim. Salohga jarohat etkazib, jismoniy va Misr halqiga ruhiy zarar etkazgani uchun bir milliard evro miqdorida tovon puli to'lanishini so'radim", - deydi advokat.
Eslatib o'tamiz, ushbu jarohat tufayli Muhammad Saloh JCh-2018da Misr termasiga yordam bera olmasligi mumkin.