«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ba'zi jamoadoshlarining o'ziga bo'lgan munosabatidan xafsalasi pir bo'lgan. Portugaliyalik futbolchining xabar topishicha, mavsum o'rtasida uning formasi pasaygan paytda, "Qirollik klubi"ning bir necha futbolchilari Zidanga murojaat qilib, Ronalduni jamoadan ketkazishni so'rashgan.
Krishtianu jamoa sardori Serxio Ramosga o'z noroziligini ochiq-oydin ma'lum qildi. Hujumchi o'z formasini tiklab olganiga qaramay, Garet Beyl, Luka Modrich, Isko, Lukas Vaskes va Marko Asensio portugaliyalik futbolchini qo'llab-quvvatlamay qo'yishgan.
Ispaniya terma jamoasining 3 futbolchisi Ronalduning "Real"ga kerak yoki kerakmasligini ochiqchasiga muhokama qilishganidan Krishtianu yaxshi xabardor.