Ajoyib xabar!
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal final uchrashuvida sonidan jarohat olganligi haqida xabar berib o'tgan edik. Hozirda himoyachi Madriddagi Sanitas shifoxonasida "Real" va terma jamoa shifokori tibbiy ko'rigidan o'tdi. Bosh shifokor Oskar Selada darxol Karvaxalning test natijalarini "Qizil furiya" ustozi Xulen Lopotegiga yetkazdi.
Marca nashrining xabariga ko'ra Karvxalning jarohati 7 kundan so'ng tuzalishi kutilmoqda, ispanlarning Jahon chempionatidagi ilk o'yiniga esa 19 kun bor.
Bobojonov