«Real» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Daniel Karvaxalning jarohati haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Futbolchi Chempionlar ligasi finalida «Liverpul» bilan bo'lib o'tgan bahsda jarohatlangandi.
Futbolchi bugun tibbiy tekshiruvdan o'tgan, unda son orqa yuzasi mushaklari lat eyishi aniqlangan. Jarohat avval taxmin qilinganidek jiddiy bo'lib chiqmadi. Karvaxalning tiklanishiga 2-3 hafta ketishi mumkin.
Shu tariqa, himoyachi jahon chempionati boshlanishiga qadar tiklana oladi.