"Vissel Kobe" yarimhimoyachisi Andres Inesta o'z vaqtida unga "Real" qiziqqanini oshkor qildi.
"Real" menga qiziqqan vaqtlar ham bo'ldi. Ammo ish shartnoma tuzishgacha etib bormadi, chunki u erda o'ynashni istamadim.
"Barselona"dagi faoliyatim oson boshlanmagan. Men har doim boshqa jamoalarda o'ynagandan ko'ra, "Barsa"da 10 daqiqa o'ynashni afzal deb bilganman.
Yaponiyaga ko'chib o'tganimga kelsak, bungacha ko'p takliflar bo'lgan edi. Men "Vissel Kobe"ni tanladim, chunki bu qiziq loyiha va menga Yaponiya yoqadi", - deydi Inesta.