"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Atletiko" himoyachisi Xuanfranning qo'shig'iga javob berdi.
Avvalroq "Atletiko" o'yinchisi Evropa ligasi kubogi qo'lga kiritilganidan so'ng qo'liga megafon olib, klub muxlislari bilan "Poytaxtni kim boshqarishini vikinglar bilib qo'ysin" deya qo'shiq kuylagan edi.
"Vikinglar" - bu "Real"ning laqablaridan biri. Bu nom 70-yillarda jamoada nemis va daniyalik futbolchilarning ko'payganidan paydo bo'lgan edi.
Ramos yakshanba kuni EChLdagi g'oliblikdan so'ng "Biz qo'shiq kuylaymiz, ba'zilar..." deya baqirdi. Buni "Real" o'yinchilari davom ettirib qo'yishdi "...poytaxtni kim boshqarishini hundular bilib qo'yishsin".