Krishtianu Ronaldu "Real"dan ketishi mumkinligi haqida yana bir marta to'xtalib o'tdi.
"Men bu gapni o'rinsiz paytda aytdim, lekin nimadir ro'y berishi kerak edi. Ha, bu noo'rin payt edi, lekin men rostgo'yman.
Bir haftadan keyin muhim gap aytaman. MUxlislar meni qo'llab-quvvatlashmoqda. Ular mening qalbimda. Men ko'p gapirmayman, lekin nimadir deyishni xohlasam, bu haqda albatta gapiraman.
Mening aytar so'zlarim bor, lekin bu noto'g'ri payt edi. Shunga qaramay, men bundan afsusda emasman. Boisi, men to'g'riso'z insonman. Shunchaki o'sha paytda o'zimni nazorat qila olmadim", – dedi Ronaldu Sky Sports'ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tgan EChL final bahsidan (3:1) keyin portugaliyalik futbolchi "Real"dan ketishi mumkinligi haqida aytib o'tgandi.