The Independent xabariga ko'ra, Garet Beyl jamoadoshlariga "Manchester Yunayted"ga o'tish istagi haqida so'zlagan.
To'g'ri, "MYu" rahbariyati uni anchadan buyon, hatto u "Sautgempton"da o'ynab yurgan chog'idan qo'lga kiritishni istagan, ammo hozir bu borada ikkilanmoqdalar.
Bunga "Real" talab qilayotgan yirik summa va ko'p jarohat oladigan futbolchining baland maoshi sabab bo'lmoqda. Buning ustiga "MYu" qishda hujumning istalgan qanotida o'ynay oladigan Aleksis Sanchesni sotib olgan.