UEFA texnik kuzatuvchilari EChLning yakuniga etgan mavsumdagi eng yaxshi o'nta golni aniqladi, deya xabar beradi tashkilot rasmiy sayti.
Birinchi o'rinni "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga urgan goli (1/4 final) oldi. Uning jamoadoshi Gret Beylning finalda "Liverpul"ga urgan goli ikkinchi bo'ldi. Qizig'i, top-10dan bu futbolchilarning yana bittadan goli o'rin oldi.
Top-10:
1. Krishtianu Ronaldu («Yuventus» — «Real» 0:3, 1/4 final, birinchi o'yin)
2. Garet Beyl («Liverpul» — «Real» 1:3, final)
3. Gonsalo Iguain («Yuventus» — «Tottenxem Xotspur» 2:2, 1/8 final, birinchi o'yin)
4. Antuan Grizmann («Atletiko» — «Roma» 2:0, guruh bosqichi)
5. Edin Jeko («Chelsi» — «Roma» 3:3, guruh bosqichi)
6. Garet Beyl («Borussiya» D – «Real» 1:3, guruh bosqichi)
7. Fred («Shaxtyor» — «Roma» 2:1, 1/8 final, birinchi o'yin)
8. Kevin De Bryoyne («Manchester Siti» — «Shaxtyor» 2:0, guruh bosqichi)
9. Lorentso Insine («Napoli» — «Shaxtyor» 3:0, guruh bosqichi)
10. Krishtianu Ronaldu («Real» — «Borussiya» D 3:2, guruh bosqichi)