"Real" rahbariyati hujumchi Garet Beylni 80 million funtga (91 million evro) sotishga tayyor.
Madridliklar tushgan pulni "PSJ" hujumchisi Neymarni sotib olishga sarflamoqchilar, deya xabar beradi Daily Express.
EChL finalida ikkita gol urgan Beyl "Real" safida doim maydonga tushmayotganidan norozi. U o'ziga ko'proq o'yin amaliyati beradigan jamoa qidirmoqda.
Beylga "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Bavariya" va "PSJ" klublar qiziqmoqda.