"Real"ning hujumkor yarimhimoyachisi Garet Beyl mavsumlar oralig'ida Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.
EChL finalida "dubl"ga erishgan uelslik 28 yoshli futbolchi o'z agenti va klub bilan kelaagini muhokama qilmoqchi. Beyl doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlaydi yoki "Real"dan ketadi.
O'tgan yozda Beylga "Manchester Yunayted" klubi qiziqqan edi. Bu klub shifokorlari va bosh murabbiyi Joze Mourinoni futbolchining jarohatlarga tez beriluvchiligi tashvishga solmaydi.
The Guardian xabariga ko'ra, "MYu" Beyl qo'lga kiritish harakatini yana yangilaydi.