"Liverpul" darvozaboni Loris Karius EChL finali boy berilganidan so'ng birinchi marta fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Posbon finalda ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.
"Men haligacha uxlaganim yo'q. Ko'z oldimdan xatolarim takror va takror o'tmoqda. Jamoadoshlarimdan va muxlislardan cheksiz uzr so'rayman. Ikkita xatom bilan hammasini rasvo qildim, hammani uyaltirdim.
Vaqtni ortga qaytargim kelyapti, ammo bunday qilib bo'lmaydi. Biz "Real"ni yuta olishimizni his qilayotgan edik, mana shunisi yanada alamli. Biz yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz", - deydi Karius.