"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi shartnoma tuzishda klub qo'ygan shartlardan norozi bo'lmoqda.
Klub prezidenti Florentino Peres 2017 yilda EChL finalida "Yuventus" mag'lub etilganidan so'ng futbolchining sharoitini yaxshilashga va'da bergan edi.
Muzoakaralar dekabr oyida boshlangan. "Real" Ronalduning yillik maoshini 9-10 million evroga ko'tarishga tayyor ammo buning uchun EChLda g'oliblik, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish va boshqa shartlar qo'ymoqda. Ronaldu bu yoqmayapti.
Bundan tashkari Ronaldu va uning agenti Jore Mendesh "PSJ" huumchi Neymar olayoigan maosh talab qilmoqdalar.
"Real" taklif qilayotgan yangi shartnomaga ko'ra, Krishtianuning yillik maoshi 30-33 million evroni tashkil qiladi (soliqlardan holi).
Neymar "PSJ"da 37 million evro ishlab topmoqda, Lionel Messining "Barselona" bilan shartnoma summasi 50 million evrodan ortmoqda.
Shuningdek, Ronalduga, agar Neymar "Real"ga o'tadigan bo'lsa, unga 30 million evro taklif qilgani ham yoqmagan.