"Madrid" sardori Serho Ramos Krishtianu Ronalduning so'zlariga fikr bildirib o'tdi. 33 yoshli hujumchi 13-kubok qo'lga kiritganidan so'ng jamoadan ketishiga sha'ma qildi va yaqin kunlar ichida yakuniy qarorini rasman e'lon qilishini aytib o'tdi.
"O'ylaymanki, Ronalduning fikri mavsumning yakunini umumlashtiradi... Biroq agarda u gapirishni xohlasa, buni bugunning o'zida amalga oshirishi kerak. Krishtianu bizning asosiy futbolchimiz. U o'ziga "Real"dan yaxshiroq klub topa olmaydi", - deydi Ramos.
Bobojonov